Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlarining akademik eshkak eshish bo‘yicha saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anna Prakaten 7:42.24 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va yarim finalga yo‘l oldi.
Endi u 22 sentyabr kuni final yo‘llanmasi uchun startga chiqadi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishning erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarida Shehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev finalga chiqdi.
Jamoaviy yo‘nalishda Anatoliy Krasnov, O‘ktamjon Davronov, Shuhrat Shodiyev, Fazliddin Karimov, Zafar Usmonov, Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Yevgeniy Agafonov, Farrux Oblaqulov 5 daqiqayu 41,97 soniya natija bilan “A” finaliga yo‘l oldi.
Shuningdek, ayni damda zamonaviy beshkurashning qilichbozlik sport turi doirasida o‘zbekistonlik Samira Abzalova hamda Alise Faxrutdinova ishtirokini davom ettirmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri