Akademik eshkak eshuvchilarimiz xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
Gretsiyaning Afina shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha “Evalution Hellenic Regatte-2025” xalqaro turniri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning to‘rt kishilik ekipajda (M4-) tashkil etilgan bellashuvlarida Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshod Xudoyberdiyev va Fazliddin Karimovdan iborat jamoamiz oltin medalga sazovor bo‘ldi. “M2-” yo‘nalishida esa Dilshod Xudoyberdiyev va Fazliddin Karimov kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, bir kishilik ekipaj bo‘yicha o‘tkazilgan poygalarda Anna Prakaten (W1x), Jamol Turg‘unov (M1x) marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. Ikki kishilik ekipajdagi bellashuvlarda Alisher Turdiyev va Davrjon Davronov juftligi bronza medali bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA