Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Turkiya va Gretsiyada shug‘ullanmoqda
08:46 / 2026-02-19

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Turkiyaning Dalaman shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yig‘in xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi.

Yig‘inda 11 nafar sportchi va 3 nafar murabbiy ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida eshkak eshuvchilarimiz texnik mahoratini yanada yaxshilash, jismoniy tayyorgarlikni yanada oshirish, shuningdek, tezlik hamda chidamlilik sifatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Turkiya hududidagi qulay iqlim sharoiti va eshkak eshish uchun mos suv havzasi jamoaga sifatli tayyorgarlik olib borish imkonini bermoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro maydonda munosib ishtirokida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, akademik eshkak eshish bo‘yicha yilning ilk musobaqasi an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Gretsiya ochiq chempionatidir. Ayni paytda terma jamoamizning 3 nafar a’zosi — Anna Prakaten, Alisher Turdiyev va Pavel Sorin Afina shahrida o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA