Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Qozog‘iston turnirida muvaffaqiyatga erishdi
14:00 / 2025-09-17

Qozog‘istonda akademik eshkak eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan “Turkiston Cup” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Ikki kun davomida o‘tgan musobaqalarda Markaziy Osiyoning 6 ta davlatidan mahoratli eshkak eshuvchilar Turkiston shahrida barpo etilgan yangi suv havzasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Murosasiz bahslar natijasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Mahoratli sportchilarimizdan Sobir Safaraliyev M1x dasturida va Sobir Safaraliyev/Mehrojbek Mamatqulov juftligi M2x yo‘nalishida oltin, Bosima Sattorova/Rayhona Karimovalar ayollar juftligining W2x dasturida kumush, Bosima Sattorova W1x toifasida hamda Sobir Safaraliyev/Mehrojbek Mamatqulov M2 yo‘nalishida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA