Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Litvada sovrindor bo‘ldi
14:28 / 2025-08-19

Ayni damda akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Litvaning Trakay shahrida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashmoqda. Ular yig‘in doirasida Litva ochiq chempionatida qatnashdi.

Musobaqaning LM1x yo‘nalishida Shahzod Nurmatov marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, W2x yo‘nalishida Anna Prakaten va Malika Tagmatova juftligi finishdan ikkinchi bo‘lib o‘tdi. M2 toifasida Dilshodjon Xudoyberdiyev hamda Fazliddin Karimov terma jamoamiz hisobiga ikkinchi kumush medalni taqdim etdi.

Shuninglek, M4 poygalarida Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev va Fazliddin Karimovdan iborat jamoamiz shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. M8+ yo‘nalishida Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Shahzod Nurmatov, Farrux Oblaqulov kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston akademik eshkak eshuvchilari umumiy hisobda 1 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega chiqdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA