Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik eshkak eshish: terma jamoamiz a’zolari jahon chempionati yarim finalida
17:28 / 2025-09-22

Xitoyning Shanxay shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatining ilk kunida hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Bugun, 22 sentyabr kuni 56 ta mamlakatning 700 nafardan ziyod sportchilari ishtirok etayotgan jahon chempionatining M4 dasturida qatnashgan hamyurtlarimiz muvaffaqiyatga erishdi. 

4 nafar eshkak eshuvchilardan iborat terma jamoamiz yigitlari saralashda 6:02:37 daqiqa vaqt bilan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Endi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 24 sentyabr kuni final yo‘llanmasi uchun kurashlarda ishtirok etadi. 

Jahon chempionati bahslari 28 sentyabrga qadar davom etadi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA