Ajrimlardan aziyat chekuvchilar, birinchi navbatda, farzandlardir. Ota-onalarining murosasizligi va janjallarini ko‘rish ular uchun qayg‘uli, o‘zaro ishonch va hurmat hukm surgan muhitda hayot kechirish esa eng katta baxtdir.
Ulug‘nor tumanida yashovchi M.Pirmatov va M.Hakimovalarning to‘rt qizi va ikki o‘g‘li bor. Shunga qaramay ular kelishmovchiliklar sabab alohida yashay boshladi. Olti bolaning ikkitasi ota qaramog‘ida qoldi, ona esa 4 nafar farzandi bilan uydan ketdi. Qaytmoqchi bo‘lganda esa oila a’zolari tomonidan qarshilik ko‘rsatildi va ayol erining xonadoniga kiritilishini so‘rab sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
Sudning qaroriga binoan Majburiy ijro byurosi Ulug‘nor tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan mahalla raisi va tegishli mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda M.Pirmatovning xonadoniga borildi va M.Hakimova bolalari bilan erining yashash xonadoniga kiritib qo‘yildi.
6 nafar aka-uka va opa singil bir-biri bilan topishib, ota-onasi bag‘rida bir tom ostida yashay boshladi.
Sherali Otaboyev,
O‘zA