Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ajrim – yechim emas
18:12 / 2021-12-02

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining «Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi asosida «Ajrim – yechim emas!» mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Buxoro viloyati hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, viloyat Ichki ishlar va davlat soliq boshqarmalari, viloyat sudi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ta’kidlanishicha, joriy yilning 10 oyi davomida viloyat kesimida jami ajrimlar soni 1 ming 698 tani tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 463 taga oshganini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, hozirgi vaqtda oilaviy ajrim arafasiga kelib qolgan oilalar tahlil qilinganda viloyat bo‘yicha Sudlarga ariza topshirgan oilalar soni jami 1 ming 540 tani va FXDYO organlariga ariza topshirgan oilalar soni esa 99 tani tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 438 taga oshgani ko‘rsatadi. 

Tahlillarga ko‘ra, 1-sektorda 607 ta, 2-sektorda 292 ta, 3-sektorda 378 ta, 4-sektorda 179 ta ajrim holatlari qayd etilgan. FHDYO organida oilaviy ajrim uchun ariza berib muddat berilganlarning 54 foizida oila boquvchilarining ishsizligi, bandligi ta’minlanmaganligi hamda chetga chiqib ketib, uzoq vaqt birga yashamasliklari ajrimga sabab bo‘lmoqda.

[gallery-4910]

Tahlillar jarayonida oilalarning darz ketishiga eng ko‘p sabab bo‘layotgan omillar sifatida 50 foiz er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, 17 foiz oilada qaynona va qaynota, uchinchi shaxs aralashuvi, 8 foiz befarzandlik, 6 foiz xiyonat, 6 foiz ichkilikbozlik va boshqa zararli odatlar oqibatida, 4 foiz moddiy ta’minot masalasi, 4 foiz ichki va tashqi migratsiya, 1 foiz o‘zi va farzandlari kasalligi tufayli, 1 foiz uy-joy masalasi, 3 foiz boshqa sabablar aniqlangan. 

Yig‘ilishda bu kabi holatlarning oldini olishda esa barcha mutasaddilardan yanada mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lish talab etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati hamda Oliy sudi tomonidan tayyorlangan «Oila – jamiyat poydevori» hamda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ota-ona va oila haqidagi kechinmalari to‘g‘risida «Mehribonlik uylari: Mungli nigohlar va murg‘ak qalb sohiblari» nomli ijtimoiy roliklarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismida Buxoro shahar MFY raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida «Oilang tinch – sen tinch» mavzusida hamda notinch oilaning MFY xodimlari tomonidan yarashtirish jarayoni va shunga o‘xshash ko‘plab mavzularda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA