French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ajdodlari buyuk yoshlarning kelajagi porloq bo‘ladi
15:49 / 2020-12-28

Mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – yurtimizda birinchi bor tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlari forumi g‘oyat ko‘tarinki va amaliy ruhda bo‘lib o‘tdi.

 Ayniqsa, muhtaram Prezidentimizning anjumanda so‘zlagan sermazmun nutqi barchamizda qizg‘in taassurot qoldirdi.

Jumladan, Prezidentimiz yoshlar O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlanishi, ularning azmu-shijoatiga suyanishlarini ta’kidlaganlari har bir yoshni vatanparvar bo‘lishga, vatanni sevishga, o‘z ustida tinimsiz ishlashga chorlaydi.

Ayniqsa, yakunlanib borayotgan yilimiz insoniyat uchun juda og‘ir va sinovli bo‘lganini, karonavirus pandemiyasidan millionlab odamlar aziyat chekkanini, shunday murakkab davrda mard va fidoyi yoshlarimizning oldingi saflarda turganiga hammamiz guvoh bo‘ldik dedi – mamlakatimiz rahbari. Undan tashqari viloyat, tuman rahbarlari kelgusi yilda muhim masalalarga ustuvor darajada ahamiyat qaratish zarurligini keyingi yilda hamma joylarda izlanuvchan yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar texnoparklari”ni qurishni davom ettirishni, joriy yilda yoshlar o‘rtasida ilmiy ishlanmalar uchun umumiy qiymati 30 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan “Yosh olimlar” innovatsion loyihasi tanlovi e’lon qilingani ta’kidlandi.  

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari 2021 yildan maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Bo‘lajak olim” tanlovi tashkil qilinishi bu orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishini aytib o‘tildi. Ayniqsa, yoshlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lgan keyingi yildan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun “Prezident granti” joriy etilishi zalda o‘tirgan barcha yoshlarni ruhlantirdi. Yangi yilda eksklyuziv xushxabar bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan boshlab, Respublikamizdagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi. Chunki bunday ta’lim maskanlarida ilm olayotgan yoshlar ham o‘zimizning farzandlarimiz, ular ham ertaga yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ishonchim komil albatta bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo uchinchi Renessans poydevorining chinakam bunyodkorlari sazovor bo‘ladi. Yana bir dolzarb masala. Yurtimizda bir necha farzandi oliygohlarda tahsil olayotgan ota-onalar uchun imtiyozli ta’lim krediti ajratilishi yoshlar uchun ham kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Shuningdek, Axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birga yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishda xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish bo‘yicha topshiriq berildi. Yoshlarimizga ijobiy motivatsiya va biznes tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetishmasligini inobatga olib Mikrokreditbank kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qib sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratish chorasini ko‘rishini ta’kidladi. Bunday kreditlar 3 yil imtiyozli davri bilan 7 yil muddatga beriladi. Bank tomonidan ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda 45 million dollarlik mikrokreditlar ajratilishi, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi orqali har bir viloyatga yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 100 milliard so‘mdan kredit mablag‘larini berish ko‘zda tutilgani aytib o‘tildi.

Prezidentimiz so‘z oxirida viloyatdan so‘zga chiqqan olovqalb yoshlarning fikr-mulohazalarini, taklif-murojaatlarini eshitib, shunday farzandlari borligidan faxrlanib shunday dedi: “Ilmni qadrlang, ilmga intiling. Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin. Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim – o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang”  Prezident doim sizlar bilan birga. Siz Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniy va Ibn Sinolar, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar va Temuriylar avlodisiz.  

Bobomurod Ochilov,  

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi

G‘ijduvon tumani bo‘limi boshlig‘i,  

xalq duputatlari

Buxoro viloyati Kengashi deputati