French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ajdodlar xotirasi mangu barhayot
16:41 / 2023-05-09

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira maydonida viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yilib, urushda jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olindi.

Navoiy viloyatida ham  9 may – Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha shukuh va ko‘tarinkilik bilan kutib olindi. Bayram kunlari Ikkinchi jahon urushida, shuningdek, vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasi yodga olinib, ushbu dorilomon kunlarning fidoyilari jasorati sharaflandi.  

Har yilidek, bu yil ham muhtaram Prezidentimiz mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi farmonga imzo chekdi.  

[gallery-11818]

Unga ko‘ra, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga respublika davlat byudjetidan bir martalik pul mukofoti – 18 million so‘mdan mablag‘ ajratildi. Ushbu pul mukofoti, Prezident tabrigi va qimmatbaho sovg‘alar mutasaddilar tomonidan tantanali va bayramona vaziyatda topshirildi.  

bugungi kunda viloyatda 9 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti faxriylari istiqomat qilmoqda. Bayram arafasida piru badavlat otaxon va onaxonlarimiz holidan xabar olindi.

Barcha joylarda – ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari, mahalla guzarlarida urush va front orti faxriylari ishtirokida madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.  

 

Abduvali Bo‘riyev,  

Siroj Aslonov (surat), O‘zA