Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ajdodlar izidan odimlagan yurt o‘g‘lonlari
18:04 / 2025-05-22

FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida viloyatda faoliyat yuritayotgan yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” respublika intellektual tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Yosh harbiy xizmatchi va xodimlarni Vatanga sadoqat hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, professional xodim sifatida shakllantirishda mazkur tanlov muhim ahamiyat kasb etadi.

[gallery-23515]

Tanlovda ishtirokchi jamoalar Muhammad Ali, Pirimqul Qodirov, Kaykovus, xalq dostonlari va jadidlar merosi asosida tayyorlangan savollarga javob berib, o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Viloyat IIBning “Liderlar” jamoasi birinchi, FVBning “Everest” jamoasi ikkinchi hamda DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism “Chegara posbonlari” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va faol ishtirokchi jamoalar diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA