English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ajdodlar izidan” intellektual tanlovi
15:47 / 2023-04-15

Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik litseyida viloyatdagi harbiy qism va muassasalardagi yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovda 17 ta jamoaga buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat miqyosida hayotligida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi 4 ta kitobi asosida savol-javoblar tashkil etildi.  

Mazkur intellektual tanlovda favqulodda vaziyatlar viloyat boshqarmasining “Jasorat” jamoasi a’zolari o‘zlarining ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashlarini va iqtidorlarini namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

G‘olib va sovrindor jamoalarga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasining diplom, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA