Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ajdodlar, avlodlar tili
12:46 / 2023-10-21

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyati kengashi tomonidan Navoiy davlat pedagogika institutida “O‘zbek tili – ajdodlar tili, avlodlar tili” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Dastlab so‘zga chiqqanlar ona tilimiz – o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritishdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda hokimliklar tuzilmalarida rahbarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida 50 millionga yaqin aholi o‘zbek tilida so‘zlashadi.  

– Ona tilimiz nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham o‘zining munosib o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib bormoqda. Buni Yurtboshimizning joriy yilning 19 sentyabr` kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ikkinchi bor o‘zbek tilida nutq so‘zlaganidan ham bilishimiz mumkin, – deydi Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Anora Bobomurodova. – Barchamiz qalbimizdagi hislar, ongimizdagi fikrlarni, avvalo, ona tilimizda ifodalaymiz. Barchamiz – kasbimiz, faoliyatimizdan qat’iy nazar, birgalikda ona tilimiz – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirishga o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz kerak.

Tadbirda talabalar tomonidan yurtimiz hamda ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlardan namunalar o‘qildi.

 

Abduvali Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri