Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AIU doping bilan bog‘liq huquqbuzarlarning so‘nggi ro‘yxatini e’lon qildi
12:00 / 2023-01-06

Butunjahon yengil atletika federatsiyasi etika bo‘limi (AIU) doping bilan bog‘liq huquqbuzarlarning so‘nggi umumiy ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, qoidabuzarlik tufayli sanksiyaga tushganlarning deyarli to‘rtdan bir qismini Rossiya vakillari tashkil qilmoqda.

Global ro‘yxatga kiritilgan 473 nafar sportchi yoki sportchilarning yordamchi xodimlaridan 92 nafari Rossiya yengil atletika federatsiyasi vakillaridir. Keyingi o‘rinda Hindiston 65, Keniya 54, Marokash 24 va Xitoy 20 nafar sanksiya bilan joy olgan.

Shuningdek, Turkiya 18, Italiya 15, Janubiy Afrika 14, Ukraina 13, Belarus 12, AQSH 11, Braziliyada 10 nafarni tashkil etmoqda.

Qaydnomada keltirilgan davlatlar qatorida Qozog‘istonda to‘qqizta, Ruminiyada sakkizta, Iroq va Nigeriyada yettita, Eron va Fransiyada oltita holat mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan.  

So‘nggi yillarda doping «orbita»siga Efiopiya va Yamayka yengil atletikachilari ham qo‘shilgan.

Butunjahon yengil atletika federatsiyasi etika bo‘limi (AIU) tuzgan ro‘yxatda O‘zbekiston yengil atletikachilari qayd etilmagan.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA