Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Air Samarkand" aviakompaniyasi birinchi parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
19:59 / 2023-12-29

2023 yil 29 dekabr kuni "Air Samarkand" aviakompaniyasining ilk parvozi "Airbus A330" samolyotida yo‘lovchilarni Istanbulga yetkazish orqali amalga oshirildi.

Turkiya Samarqanddan eng talab katta yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Aviakompaniya poytaxtning ikkala aeroportiga, shuningdek, Turkiyaning boshqa shaharlariga ham reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Aviakompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, borti 305 yo‘lovchidan iborat birinchi tijorat reysi Samarqand xalqaro aeroportidan soat 10:50 da Istanbulga yo‘l olgan. 

– Samarqanddan yo‘lovchi reyslarining joriy etilishi nafaqat biz uchun, balki bizning asosiy aeroportimiz, shahar va butun Respublika uchun ham katta voqeadir, – dedi "Air Samarkand" bosh direktori Anton Xodjayan..--Bizning jamoamiz Samarqanddan parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Yaqin kelajakda biz yangi yo‘nalishlar ochishni, flotning kengayishini va boshqa maqsadlarga erishishni mo‘ljal qilganmiz.

27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi aviakompaniyaga aviatsiya qonunchiligi, xalqaro standartlar va IKAO parvozlar xavfsizligini ta’minlash talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi asosiy hujjat--Ekspluatant sertifikatini taqdim etdi. 28 dekabrda aviakompaniya parvozlar va kabinalar ekipajlari faoliyatini sinovdan o‘tkazish, shuningdek yo‘lovchilar tashish xizmatini yo‘lga qo‘yishdan avval barcha talab va tartiblarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Samarqanddan Toshkentga namoyish reysini muvaffaqiyatli tashkil etdi. 

Hozirgi kunda aviakompaniya charter asosida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan. Ammo bahor-yoz mavsumi boshiga kelib muntazam reyslarni amalga oshirishni va veb-saytida kassalar va onlayn-agregatorlar orqali chiptalarni sotishni rejalashtirgan. Aviakompaniya floti zamonaviy, xavfsiz "Airbus A330"," A320" va "A321" samolyotlaridan iborat. 

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri