Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Air Products” kompaniyasi rahbari “Uzbekistan GTL” zavodida hamkorlik natijalari bilan tanishdi
18:22 / 2025-04-05

AQSHning nufuzli “Air Products” kompaniyasining yangi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes boshchiligidagi delegatsiya Qashqadaryo viloyatidagi “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya zavodning ishlab chiqarish jarayoni va texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi. Unda hamkorlik asosida olib borilgan rejali ta’mirlash ishlarining yakuniy natijalari va ta’mirlashdan keyingi ishlab chiqarish samaradorligi haqida to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, mehmonlar zavodning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Eduardo Menezes zavodning texnologiyalaridagi yutuqlar va sohadagi muhim ahamiyati, ta’mirlash ishlarining muddatidan oldin va yuqori sifatda bajarilganini alohida qayd etdi.  

“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur tanishuv chog‘ida barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shu bilan birga, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ekologik barqarorlik va yangi texnologiyalar yuzasidan ham fikr almashildi.

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA