Fransiyaning Air France aviakompaniyasi iyun oyida Jeneva-Parij yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan parvoz paytida samolyot kabinasida yoqalashib ketgan ikki uchuvchini ishdan chetlatdi, deb yozmoqda Frans Press agentligi aviakompaniya bergan ma’lumotga tayanib.
"Air France A320 ( Airbus) samolyotini boshqarayotgan ikki uchuvchining bahslashib ketganidan keyin ishdan bo‘shatilganini tasdiqlaydi. Ular 2022 yil iyunda Jeneva-Parij yo‘nalishidagi reysni boshqarayotgan bo‘lgan. Ular ayni paytda parvozlardan chetlatilgan va rahbariyatning ushbu voqeaga nisbatan bildiradigan qarorini kutmoqda.
Avvalroq Tribune gazetasi kabinadagi hodisa samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin ro‘y berganini yozgan edi. Samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin ikkinchi uchuvchi ko‘rsatmani bajarmagan. Keyin ikki uchuvchi bir-birining yoqasidan tutishgan, lekin tortishuv paytida ular o‘z o‘rindiqlarida qolgani aytilmoqda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, yoqalashuv parvozni boshqarish va xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatmasdan darhol to‘xtagan.