Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AI “dori poygasi”ni tezlashtiradi
14:58 / 2026-01-27

Ma’lumki, yangi molekulalarni kashf etish dori-darmon yaratishda eng murakkab bosqich hisoblanadi. Shu bois farmatsevtika kompaniyalari sun’iy intellekt (AI)dan aynan shu maqsadda ko‘proq foydalanadi. Endi esa mazkur jarayonning sekin va mashaqqatli kechadigan qismini tezlashtirishda ham AI faol qo‘llana boshladi. Bu haqda “Reuters” yozgan.

Sun’iy idrok hozircha tibbiyotda yirik kashfiyot qilmagan bo‘lsa-da, klinik test uchun bemor topish, sinov joyini tanlash va muvofiqlashtirish jarayoni uchun hujjat tayyorlashga ketadigan haftalab vaqtni tejamoqda.

Tahlillar yangi dorini bozorga chiqarish o‘rtacha 10 yil va taxminan 2 milliard dollar talab qilishini isbotlagan. Yirik kompaniyalar AI yordamida bu jarayonni tezlashtirish va samaraliroq qilishga urinmoqda.

Masalan, sun’iy intellekt minglab sahifalik klinik, xavfsizlikka oid va boshqa hujjatlarni tez tartibga solib, tekshiradi va turli davlatlar talabiga moslab beradi. Bu jarayon ilgari qimmat tashqi pudratchilar mehnati va ko‘p inson resursini talab qilardi.

Texnologiya bemorlarni topish va saralash, ularga tushuntirish, shuningdek qabul jadvalini tuzishda yordam beryapti. Maslahat kompaniyalari fikricha, inson aralashuvi kamroq talab qiladigan “muxtor AI” yaqin besh yil ichida klinik rivojlanish samaradorligini 35-45 foiz oshirishi mumkin.

Baribir, mutaxassislar ehtiyotkorlikni unutishgani yo‘q. AI qay darajada tez ishlayotgani, xarajatni qancha qisqartirayotgani hali aniq raqamlarda aks etmagan. Sababi, natija texnologiya qayerda va qanday qo‘llanishiga bog‘liq. Shunga qaramay, sanoat vakillari bir fikrga kelgan: dori yaratishda “ko‘rinmas, lekin zarur” ishlar tezlashmoqda va bu kelajakda bemorlarga yangi davolash usullari tezroq yetib borishiga yo‘l ochishi mumkin.

Musulmon Ziyo, O‘zA