AI-95 markali benzin narxi arzonlashtirildi
Avval ma’lum qilinganidek, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan neft mahsulotlarining narxini arzonlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 10 noyabridan boshlab ushbu AYOQSHlardagi import qilingan AI-95 narxi 6600 so‘mdan 6300 so‘mga arzonlashtiriladi.
Bu haqda “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev quyidagicha ma’lumot berdi:
-Bizni korxona bozor munosabatlariga to‘liq amal qilib boradi mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxi ham albatta kamaytiriladi. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi, – dedi M. Musayev.
AYOQSHlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni ao_uzbekneftegaz va UNGPetroBot telegramm kanallari orqali olish mumkin.