Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining uzog‘i yaqin bo‘ldi
13:22 / 2023-03-29

Sirdaryo viloyatining 35 ta hududida o‘rnatilgan 6 hamda 12 metrlik konteynerli, ixcham tibbiyot punktlari sog‘liq bilan muammosi bor, birlamchi tibbiy yordamga muhtoj aholi vakillari uchun nihoyatda qulay bo‘ldi. Ular olis qishloq aholisini birlamchi tibbiy sanitariya xizmati bilan qamrab olish, ularga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Sardoba tumanining "Yurtdosh", "Navro‘z", "Rovot", "Fayzulobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga o‘rnatilgan, konteynerli, ixcham tibbiy punktlar aholi uzog‘ini  yaqinlashtirdi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Gulnora Quvatova. – Mazkur punkt keltirilmasdan va hududlarga o‘rnatilmasdan oldin aholi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammoga javob topish, birlamchi tibbiy sanitariya yordamini olish uchun o‘z yashash hududlaridan, qariyb, 6-7 chaqirim olisda bo‘lgan oilaviy shifokorlik punkti, poliklinikalarga borgan. Mazkur konteynerlarning o‘rnatilishi bu muammoni bartaraf etdi. Bu yerda  shifokor va patronaj hamshiralar faoliyat ko‘rsatib, sog‘lig‘ida muammosi bor aholiga yordam ko‘rsatmoqda. Ahamiyatli tomoni, bu yerda aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoit bor. Ular hech qayerga bormay, kunduzgi muolajalarni shu yerda olmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimizning “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida elektr energiyasida muammosi bor, 10 ta ixcham punktga, elektr energiyasining muqobili bo‘lgan, 4 KvT quyosh panellari o‘rnatib berildi. Bu esa, elektr energiyasiga sarflangan sarf-xarajatlarni qisqartirish, qolaversa, byudjet mablag‘larini iqtisod qilinishiga yordam bermoqda.

 

Sh.Suyarov, O‘zA