English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining sug‘urta madaniyatini oshirish bo‘yicha qanday ishlar qilinmoqda?
12:58 / 2022-09-16

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan aholi va tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida amalga oshirish ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishda sug‘urta sektorining rolini oshirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifatini nazorat qilish, aholining sug‘urta madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Agentlik mas’ullari taqdim etgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 6 oyi mobaynida sohaga tegishli bo‘lgan murojaatlar soni viloyatlar kesimida o‘rganilganida, mazkur davrda 855 ta ariza kelib tushgan hamda 380 ta holat bo‘yicha 3 mlrd. 655,1 ming so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berilgan.

Shuningdek, uchrashuvda aholi tomonidan qilingan murojaatlar soni ko‘pligi jihatidan Toshkent viloyati Toshkent shahridan keyin 2-o‘rinda turganligi ta’kidlab o‘tildi.

Sayyor qabulda so‘zga chiqqan tadbirkorlar, jamoat faollari hamda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shu joyning o‘zida kompaniya vakillariga holatni o‘rganib chiqqan holda, agentlikka ma’lumot kiritishlari yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA