English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining qarz majburiyatlarini bajarish holati tahlil qilindi
15:35 / 2022-03-28

Markaziy bank aholining bank kreditlari bo‘yicha qarz yuki darajasini ifodalovchi bir qator ko‘rsatkichlar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 Xususan, kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbati, kreditlarning aholi daromadlariga nisbati, qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati kabi ko‘rsatkichlar shular jumlasidan. 

Xalqaro tajribaga ko‘ra, qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati (debt service ratio – DSR) amaliyotda keng qo‘llanilib, jami aholining yoki aynan qarz oluvchilar daromadlarining qancha qismi qarzni (asosiy qarz hamda foiz to‘lovi) so‘ndirish uchun sarflanishini ifoda etadi. O‘z navbatida, qarzga xizmat ko‘rsatish nisbatini hisoblashda kreditlar bo‘yicha foiz stavkalar va muddatlarining inobatga olinishi qarz yuki darajasini boshqa ko‘rsatkichlarga nisbatan aniqroq ko‘rsata oladi. 

Markaziy bank hisob-kitobiga ko‘ra, o‘z navbatida, jismoniy shaxslarning qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati aynan kredit oluvchilar bo‘yicha tahlili 2018–2021 yillarda kreditlar qoldig‘i bo‘yicha hisoblanganda 8 foiz bandga, ajratilgan kreditlar bo‘yicha esa 17 foiz bandga pasayganligini ko‘rsatmoqda. 

Aholining qarz majburiyatlarini bajarish holati sotib olingan kredit ob’ektlarining narxi inflyatsiya ta’sirida bugungi kundagi bozor narxlariga nisbatan sezilarli past. Kredit oluvchilarning joriy daromadlari kredit majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlariga nisbatan ancha yuqori darajada shakllangan. Bu esa, jismoniy shaxslarning jami kreditlari bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbatining pastroq darajada shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, kredit turlari bo‘yicha muddatlar, foizlar hamda kredit oluvchilar soni orasidagi farqlarning kattaligi natijasida jismoniy shaxslarning qarzga xizmat ko‘rsatish nisbatida chetlashish yuzaga keladi. 

Shu bilan birga, jismoniy shaxslarning jami kreditlari bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati tahlili faqatgina umumiy suratni ko‘rishga, alohida kredit turlari bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbatlari esa makroprudensial siyosat instrumentlarini joriy etish va ularni o‘zgartirib borishga imkon beradi. Shu sababli, aholining bank kreditlari bo‘yicha qarz yukini kredit turlari, xususan mikroqarz, ipoteka va iste’mol kreditlari bo‘yicha alohida tahlil qilishni taqozo etmoqda. 

Jami iste’mol krediti bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati 2020–2021 yillarda o‘sib, 2021 yilda kredit oluvchilar ihtiyoridagi daromadlarining 56 foizi kreditlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga yo‘naltirilgan. Ushbu ko‘rsatkichning o‘sishini jismoniy shaxslarga ajratilgan iste’mol kreditlar hajmining oshishi hamda bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan kredit shartnomalar miqdorining oshishi (2018–2021 yillar davomida 1,1 tadan 1,2 tagacha o‘sgan) bilan izohlanadi. 

Ipoteka kreditlari bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati 2019–2020 yillardagi pasayishdan so‘ng 2021 yilda o‘sish trendga ega bo‘lib, 65 foizga yetdi. Bunga sabab, 2020 yilda 2019 yilga nisbatan ipoteka kredit oluvchilar soni 26 foizga kamaygan. Shuning uchun ipoteka kreditlar hajmining 12 foizga oshganligi ipoteka kreditlari bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati keskin ko‘tarilgan. 

Bundan tashqari, mikroqarz bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati dinamikasida pasayish kuzatilib, 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 13 foizni tashkil etdi. Xalqaro amaliyotda qarzga xizmat ko‘rsatish nisbatini hisoblashda bank tizimidan tashqaridagi muddatli to‘lov asosida beriladigan kreditlar ham inobatga olinadi. O‘zbekiston misolida aholining jami kreditlari bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati tahlilida faqatgina banklar tomonidan ajratilgan kreditlar inobatga olinganligi sababli ushbu ko‘rsatkich pastroq darajada shakllangan bo‘lishi mumkin.  

Bundan tashqari, qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati kredit shartnomalarida ko‘rsatilgan muddatlar asosida hisoblanishini inobatga olganda, ushbu ko‘rsatkich kredit oluvchilar daromadlarining qarzlarni so‘ndirishga yo‘naltiriladigan summaning eng kam miqdorini ifodalaydi. Bu esa, amaldagi qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati hisoblangan ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lishi mumkin. 

Qarzga xizmat ko‘rsatish nisbatini hisoblashda bugungi kundagi o‘sib borayotgan qo‘shimcha moliyaviy majburiyatlar qamrab olinmagan. Xususan, mamlakatimizda chakana savdo do‘konlarida iste’mol tovar va xizmatlari, birlamchi hamda ikkilamchi bozorlarda esa, avtoulovlarni muddatli to‘lov asosida sotib olish amaliyotining ommalashmoqda.  

Bundan tashqari, keng ko‘lamli uy-joy qurilish ishlari jadallashuvi ko‘chmas mulkning birlamchi bozorida muddatli to‘lov aholining qarz majburiyatlarini bajarish holati asosida bank tizimidan tashqari uylar xarid qilish imkonini bermoqda. Mazkur qo‘shimcha moliyaviy majburiyatlarni turli xil so‘rovlar o‘tkazish orqali baholash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. 


Shahnoza Mamaturopova, O‘zA