Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2021 yilda 73,8 yoshga ko‘tarilgan
16:56 / 2023-04-04

Ma’lumki, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va o‘zgartirish Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va 2018 yilda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Shu talablardan kelib chiqib, PMTI tahlilchilari 2017-2021 yillarda davlat byudjetidan sog‘liqni saqlash tizimi uchun ajratilayotgan xarajatlar qariyb 3 barobar oshganini ta’kidlamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, xarajatlar 2017 yilda 7330 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda 21 047,8 milliard so‘mga yetgan. Shu tarzda 2021 yilda davlat byudjeti xarajatlaridagi ulush 12,7 foizni tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 2022 yilda 2017 yildagiga nisbatan 1,8 barobar o‘sdi va 10547 tani tashkil etdi.  

2017 yilda xususiy tibbiyot muassasalari soni 4000 tani tashkil etgan. Bugun esa ularning soni 7320 tadir. Ularning 5823 tasi ambulator, 1497 tasi statsionar hisoblanadi. Natijada ko‘rsatilayotgan sog‘liqni saqlash xizmatlarining umumiy hajmi 3,8 marotaba oshgan.  

Bu islohotlar natijasida aholi o‘rtasida yangi kasallanish holatlari kamaygani kuzatilmoqda. Xususan, sil kasalligi (har 100 000 kishiga) 2017 yildagi 44,9 nafardan 2022 yilda 35,9 nafargacha, gepatit B (har 100 000 kishiga) 2017 yildagi 0,8 nafardan 2021 yilda 0,3 nafargacha, 2- toifa qandli diabet (har 100 000 kishiga) 2017 yildagi 21,4 nafardan 2021 yilda 18,3 nafargacha kamaygan.  

Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2017 yildagi 73,7 yoshdan 2021 yilda 73,8 yoshga ko‘tarilgan.

O‘zbekistonda yil sayin jadal rivojlanayotgan tibbiyot turizmining rivojlanishi sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning sezilarli natijasi bo‘ldi. Agar 2017 yilda O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan sayyohlar soni 28 ming 705 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 69 ming 984 nafarni tashkil etdi.  

O‘zA