O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika Boshqaruvi tomonidan hududlarda tadbirkorlik loyihalarini tashkil qilish orqali ishsiz ayollar va yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Fondning viloyat bo‘limi ta’sischiligida Navbahor tumani “Keskanterak” MFYda hudud aholisini qolipli nonga bo‘lgan ehtiyojini qoplash hamda vaqtincha ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Bahor 21-ASR” MCHJ tashkil qilindi. Natijada ikki nafar yosh ish bilan ta’minlandi.
bugungi kunda MCHJ fondning viloyat bo‘limi tomonidan ajratilgan 49 million so‘m mablag‘ evaziga “SOUTHSTAR” non pishirish pechi, “bosfor” xamir qorish uskunasi, maxsus stollar, 216 dona qolip va patnoslar olib kelib o‘rnatdi. Ushbu uskunalar oyiga 7 tonna undan qolipli non ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Sexda unni saqlash uchun omborxona, ishchilar dam olish xonasi va non pishirish zallari mavjud.
Navbahor tuman hokimligi tomonidan esa oyiga 5 tonna un fondi ajratildi.


A.Bo‘riyev, O‘zA