Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan aholi, xususan, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi doirasida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminarda ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, foizlarni hisoblash tartibi, raqamli moliyaviy savodxonlik, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kreditlash kabi asosiy yo‘nalishlar interfaol usulda tushuntirildi. Banklarda jismoniy va yuridik shaxslarga hisob raqam ochish va yuritish, sug‘urta bozori va sug‘urta turlari ham ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.
[gallery-14301]
- Aholining moliyaviy savodxonligi yuqori bo‘lishi moliyaviy xizmatlar sohasi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, - deydi Markaziy bankning Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti mas’ul xodimi Sobir Esanov. - Bugungi o‘quv-seminarimizda Navoiy viloyatidagi tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari va yetakchi tadbirkorlar taklif qilindi. Yoshlar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga tegishli mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan mahorat darslarimiz respublikamizning barcha hududlarida yuqori saviyada tashkil etilyapti.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/YV_TM3IBPV0" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA