Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining kadastrga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi
12:24 / 2025-08-28

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda hududiy tizim mutasaddilari ishtirokida Toshkent shahri aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid masalalari mas’ullar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Suyunov yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni bo‘yicha tushuncha berib, uning ijrosi davomida aholi tomonidan e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilganlarga sohaga oid qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar, yer olish, kadastr imtiyozlari va boshqalar bo‘yicha huquqiy ma’lumotlar ham yetkazildi. Bundan tashqari yer uchastkalaridan samarali foydalanish zarurligi, yerga oid huquqbuzarliklar uchun esa jazo muqarrarligi alohida qayd etildi.

Qariyb 6 soat davom etgan sayyor qabulda aholi va tadbirkorlarning sohaga oid 30 dan ortiq murojaati o‘rganildi. Ayrimlarga kerakli huquqiy tushunchalar berilib, bir qanchasi joyida hal etildi, o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA