Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining kadastrga oid muammolari o‘rganildi
17:05 / 2023-05-25

Aholining murojaatlarini ijobiy hal qilish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish va har bir murojaatchi bilan uchrashish maqsadida davlat idoralari mas’ulligida mahallabay ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga Kadastr agentligi tomonidan aholi bilan ishlarni samarali tashkil etish uchun jami 18 nafar rahbar xodim biriktirilgan. Kadastr agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, agentlik xodimlari 2 ming 391 ta xonadonga uyma-uy yurib, 124 holatda aholining muammolari borligini aniqladi. Shundan 31 tasi joyida bartaraf etildi.  

Shu o‘rinda aytish joiz, Kadastr agentligi vakolatiga kirmaydigan murojaatlar ham kelib tushgan. Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida (dori darmon yoki davolanishga muhtoj) 26 ta, uy-joyi ta’mirga muhtoj 14 ta, mahallani obodonlashtirish bo‘yicha10 ta, yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlar 7 ta, ichki yo‘llarni ta’mirlashda 4 ta, ichimlik suvi 5 ta, oqova suv (kanalizatsiya) 6 ta, tabiiy gaz va yoritish tizimida 3 tadan hamda boshqa masalalarda muammolar aniqlangan. Misol uchun, mas’ullar tomonidan “Pastki yuz” mahallasi borib o‘rganilganda, mahalla ichidan oqib o‘tadigan kanalning ko‘prik tagidagi trubasi tiqilib, suv sathi oshishi hisobiga aholi xonadonlari yerto‘lasiga suv sizib chiqqani aniqlandi.  

Holatni bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda tozalash ishlari olib borildi. Shu bilan birga, mahallada bolalar uchun sport maydonchasi tashkil etildi va foydalanishga topshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori darmonlar olib berilmoqda va bu yo‘nalishdagi ishlar tizimli davom ettiriladi.  

Ko‘p yillardan beri ko‘chmas mulkiga kadastr pasporti tayyorlashda muammolarga duch kelayotgan 15 ta fuqaroning murojaatlari ijobiy hal qilindi.  

Mirzo Ulug‘bek tumani “Pastki yuz” MFYda yashovchi fuqaro Baxtiyor Dadamuhamedov va Gulnora Muzaffarova kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘ragan. Tuman mutasaddi xodimlari tomonidan o‘rganilganda G. Muzaffarovaning barcha huquq belgilovchi hujjatlari mavjudligi aniqlandi hamda ushbu fuqarolarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Ko‘chmas mulkning kadastr pasporti fuqarolarning yashash xonadonlariga yetkazib berildi  

Hozirda Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan ishlari olib borilmoqda.  

 Sh. Mamaturopova, O‘zA