Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining e’tiqod darajasi qayta hisoblab chiqiladi
15:16 / 2019-07-09

Tojikiston rasmiylari navbatdagi aholini ro‘yxatga olish tadbirida mamlakatdagi turli dinlarga e’tiqod qiluvchilar sonini aniqlashga qaror qildi.


Tojikiston rasmiylari navbatdagi aholini ro‘yxatga olish tadbirida mamlakatdagi turli dinlarga e’tiqod qiluvchilar sonini aniqlashga qaror qildi. Parlament quyi palatasining ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘mita a’zosi Abduhalim G‘afforovning aytishicha, Tojikiston aholisining katta qismi islom diniga e’tiqod qiladi. Shunday bo‘lsada, navbatdagi aholini ro‘yxatga olish tadbiri vaqtida bu ma’lumotlarga yanada oydinlik kiritiladi.

“Biz hamisha mamlakat aholisining 90 foizdan ortig‘i musulmon ekanligini aytib kelamiz. Endi esa oldimizda turgan asosiy maqsad, aholini ro‘yxatga olish tadbiri davomida qancha odam islomga e’tiqod qilishini, qanchasi xristian, qanchasi boshqa din vakillari va qanchasi ateist ekanligini aniqlashdan iborat”, – deydi parlament deputati.

Deputatning aytishicha, bu kabi ma’lumotlar davlat idoralariga kerak, chunki davlat idoralari o‘z fuqarolarining diniy e’tiqodlarini bilishi lozim. Shuningdek, Tojikiston bilan hamkorlik qiladigan xalqaro tashkilotlarga ham bu ma’lumotlar zarur.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerkki, Tojikistonda islomdan tashqari 70 dan ortiq diniy tashkilot ro‘yxatga olingan.