Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining davlatdan roziligi – eng muhim omil
17:00 / 2023-07-27

Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bugun bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida samarali hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning eng samarali va tizimli faoliyatini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.  

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Xalq qabulxonasining virtual tizim hisobotlari orqali joriy yilning birinchi yarmida 499 jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 45 taga kamaygan.  

– E’tiborlisi, bu 499 murojaatlarning 257 tasi ijobiy hal etilgan,  – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Karimov.  –Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan. Shundan qolgan 14 tasiga huquqiy tushuntirish, 97 tasiga tushuntirish berilgan.  Tuman aholisi tomonidan asosan ekologiya, pensiya ta’minoti va ijtimoiy himoya, sud qarorlarini ijro etish, aliment va qarz undirish, elektr energiyasi, gaz ta’minoti, moddiy yordam va homiylik, uy-joy, bandlik, yo‘l infratuzilmasi, davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatish, yer munosabatlari, huquqni muhofaza qilish xodimlari faoliyati, mehnatga haq to‘lash, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, ichimlik suv ta’minoti masalalari ko‘tarilgan.  

Xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida idoralar va sektorlar hamda tumandagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabullar ham yaxshi samara bermoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tumani Xalq qabulxonasi bilan kelishilgan reja jadvalga asosan sektor rahbarlari tomonidan, hududlarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarining ishtiroki ta’minlangan holda joriy yilning olti oyi davomida tumanda 112 marotaba ommaviy qabullar o‘tkazilgan. Qabullar davomida 1804 nafar fuqarodan 282 murojaat kelib tushgan va 228 tasi (81 foizi) ijobiy hal etilgan.  

Zarif Komilov, O‘zA