French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholining axborot texnologiyalari sohasidagi murojaatlari o‘rganildi
17:29 / 2023-11-14

Farg‘ona viloyatida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A.Abdullayev tomonidan mobil aloqa, pochta, mahalliy telefon, televideniye, radio hamda ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarining sifati yuzasidan aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida viloyatda sohada faoliyat yurituvchi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi. Qolaversa, viloyatda faoliyat olib borayotgan tegishli soha vakillari, korxonalar, operator va provayderlarning rahbar va mas’ul xodimlariga soha faoliyatiga oid tavsiyalar berildi.  

Sayyor qabul davomida fuqarolardan qator murojaatlar kelib tushdi. Barcha murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan aloqa va axborotlashtirish sohalarida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, operator va provayderlarning rahbar va mas’ul xodimlariga topshiriqlar berildi.  

Ijrosi vaqt talab qiladigan murojaatlar ro‘yxatga olinib, “murojaat.gis.uz” axborot tizimiga kiritilishi hamda ularni 15 kun muddatda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.  

O‘zA