Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" izchillik bilan o‘tmoqda
12:40 / 2025-10-22

Mamlakatimizda joriy yilning 20-27 oktyabr kunlari “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” deb e’lon qilindi. Jizzax viloyatida ham bu muhim tadbir reja asosida izchillik bilan olib borilmoqda.

Tabiiy ofatlardan himoyalanish imkoni chegaralangan, lekin ularga tayyorgarlik ko‘rish va favqulodda vaziyatda to‘g‘ri harakat qilish inson hayotini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning shahar va tumanlari bo‘limlari tomonidan aholini zilzila vaqtida qanday harakat qilish bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

– Har bir insonning tabiiy ofatga tayyorgarligi – bu jamiyat xavfsizligining asosidir, – deydi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rustam Mirzatayev. – Maqsadimiz – aholiga favqulodda vaziyatlarda o‘zini qanday tutishni amalda o‘rgatish, har bir inson uchun juda qimmatli bo‘lgan hayotini saqlab qolishga xizmat qiluvchi muhim bilim va ko‘nikmalarni berishdan iboratdir.

 O‘quv-mashg‘ulotlarida, ayniqsa yosh avlodga tushunchalar berishga alohida e’tibor qaratilayotganini shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joiz. O‘quv- mashg‘ulotlarimizda, zilzila vaqtida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan to‘g‘ri harakatlar, evakuatsiya tartibi va yordamga chaqirish usullari batafsil o‘rgatilmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlar orqali zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng qanday harakat qilish kerakligini o‘zlashtirishmoqda.

A. Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA