Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik boshlandi
18:48 / 2025-10-21

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu muhim jarayonning samaradorligini ta’minlash maqsadida mahalliy hokimlik, viloyat va tuman statistika organlari hamkorligida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun tashkil etilayotgan o‘quv-amaliy seminarlar muhim ahamiyat kasb etayotir. Ushbu seminarlarda ishtirokchilar aholini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari, elektron so‘rovnomalar bilan ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar.

Seminarlar jarayonida mutaxassislar ishtirokchilarga real sharoitda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari haqida ham batafsil tushunchalar bermoqda. Bu esa nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilishini ham ta’kidlab o‘tish joiz.

Shuningdek, mahalla yettiliklari va boshqa mahalliy tuzilmalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tayyorlov ishlari ro‘yxatga olish jarayonining sifatli va xatolarsiz o‘tishiga zamin yaratmoqda.

Ma’lumki, aholini to‘liq va aniq ro‘yxatga olish – davlat siyosatini to‘g‘ri yuritish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishning asosiy shartidir. Shu ma’noda, tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarlar nafaqat xodimlar salohiyatini oshirish, balki kelgusidagi ro‘yxatga olish jarayonlarining yuksak darajada tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA