Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholini ro‘yxatga olish nima uchun muhim?
06:34 / 2022-07-29

Respublikamizda aholini 30 yil ilgari ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilgan. Shuning uchun aholining haqiqiy hayot tarzini o‘rganish va ularga kerakli amaliy yordam berishda bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri boshlanadi.

Aholini ro‘yxatga olish kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi. O‘z navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish barobarida hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish ham ko‘zda tutilgan. Keyingi uch yil davomida mas’ul mutasaddilarni muhim ish jarayoni kutib turibdi. Ularni muvaffaqiyatli bajarish bilan O‘zbekistonning har bir viloyati, shahari, tumanidan tortib mahallasiyu ko‘chasi, chekka qishloq va olis ovullarigacha aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega bo‘lamiz. Bu qimmatli ma’lumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqatadi.

Eshqulov Shahzod, 
Sergeli tumani statistika bo‘limi boshlig‘i