Aholini ro‘yxatga olish – muhim jarayon
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
[gallery-22433]
Anjumanda viloyatda mavjud 1 ming 62 ta MFYdagi xonadonlarni raqamlashtirish ishlari davom ettirilayotgani, aholini ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va xalqaro talablarga mos ravishda o‘tkazish chora-tadbirlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ochiq muloqot ruhida davom etgan tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA