O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasining rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga ko‘ra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish bo‘yicha arizalar:
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
“Ijtimoiy karta” mobil ilovasi; “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
moliyaviy agen orqali taqdim etiladi.
Ijtimoiy karta barcha fuqarolarga mobil ilova orqali real vaqt rejimida bepul asosda muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovani texnik qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy karta bo‘yicha to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi to‘lov tashkilotining tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
2025 yil 1 fevraldan boshlab ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha Agentlikning axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi “1070” qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmati faoliyati test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yil 1 oktyabrdan boshlab “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish tizimi doirasida “Ijtimoiy karta” ATning identifikatsiya qilish tizimi joriy etiladi.
Qarorga muvofiq, fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra kerakli hujjatni qog‘oz shaklida yoki mobil ilova orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega.
2025 yil 1 янvaрдаи boshlab yangi tayinlangan ijtimoiy to‘lovlar ijtimoiy karta orqali to‘langanda, oluvchining ilgari tayinlangan boshqa ijtimoiy to‘lovlari ham ijtimoiy karta orqali to‘lab beriladi.
2025 yil 1 apreldan boshlab ijtimoiy karta transport kartasi, shu jumladan, jamoat transporti uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan shahar yo‘nalishlari bo‘yicha tarif rejalaridan foydalangan holda imtiyozli transport kartasi vazifasini bajaradi.
2027 yil 1 янvaрдаи boshlab ijtimoiy to‘lovlar fuqarolarning faqatgina ijtimoiy kartalariga o‘tkaziladi.
O‘zA