Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilish holati aniqlandi
12:52 / 2022-10-06

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.C.” MCHJ rahbari N.A. “Suv ta’minoti va oqava suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Andijon viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, tumandagi “Qoraqo‘rg‘on” MFYda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 249,2 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikalari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  
 
 

O‘zA