Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholini daraxt ekishga jalb qilish bo‘yicha yaxshi tajribalar ko‘paymoqda
18:22 / 2024-10-21

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda oktyabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi.

“Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambag‘al oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolg‘iz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi. Shuningdek, yettilik o‘ziga biriktirilgan ko‘chalarda jami 6 million dona manzarali daraxt, ko‘chalar, uylar, ko‘p qavatli uylar atrofiga jami 3 million mevali va manzarali daraxt ekishni tashkillashtirishi muhimligi qayd etildi.

Ta’lim tizimi rahbarlariga 20 mingdan ziyod bog‘cha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 million dona ko‘chat ekishni tashkil qilish topshirildi. Yoshlar ishlari agentligi 155 ming yoshlarga bo‘lib berilgan 60 ming gektar yerda jami 1,5 millionta mevali daraxt ekishga ko‘maklashadi.

Barcha mahallalarda ko‘chat yarmarkasini tashkil qilib, 30 millionta ko‘chat yetkazib berish muhimligi ta’kidlandi. 

Televideniye, radio, gazeta va ijtimoiy tarmoqlarda daraxt ekish nuroniylar, mahalla faollari, jamoat arboblari, san’atkor va sportchilar ishtirokida keng targ‘ib qilinsa, ishlarning samarasi bundan-da yuqori bo‘lishi ta’kidlandi.

Prezidentimiz aholini daraxt ekishga jalb qilish bo‘yicha yaxshi tajribalar ko‘payayotganini qayd etib, to‘lov tashkilotlari va elektron savdo platformalarining bunday loyihalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligiga e’tibor qaratdi.

O‘zA