English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda
10:22 / 2023-01-03

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Termiz shahri va Termiz tumanining bir qismini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli 110/35/6 kVli “Termiz” podstansiyasidagi 20 ming kVA quvvatdagi kuch transformatori 40 ming kVA quvvatli transformatorga almashtirildi.

[gallery-10168]

Ushbu amaliy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 sentyabrdagi “Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat hududiy filiali tomonidan amalga oshirildi. Buning natijasida Termiz shahridagi 15 ta mahallaning 18 ming 103 xonadonini va Termiz tumanidagi 6 ta mahallada yashovchi 4055 nafar aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA