Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash uchun qurilish tannarxi pasaytiriladi
17:06 / 2023-04-05

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shu maqsadda:

– 2025 yilga qadar yog‘och, fanera, yog‘ochli opalubka va oynani import qilishda bojxona bojini bekor qilish;

– yuqori markali sement bo‘yicha bojxona boji imtiyozini yana 1 yilga uzaytirish (buning hisobiga uy-joy qurish tannarxi 5 foizgacha pasayadi);

– pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uyni qavatma-qavat garovga qo‘yish va har bir qavati uchun kredit olish huquqini berish;

– banklar beradigan kreditlarni davlat tomonidan qayta moliyalash amaliyotini davom ettirish;

– quruvchilarga kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibini takomillashtirish;

– aholiga o‘z uyini energiya tejamkor materiallardan foydalanib ta’mirlashiga 10 yilga 16,5 foizdan 80 million so‘mgacha kredit berishga qaror qilindi.

O‘zA