English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish norma va shartlariga qay darajada rioya etilyapti?
17:33 / 2023-07-07

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish norma va shartlariga rioya etilishi ahvoli yuzasidan aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

Jami 28 ming 603 ta xonadonda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga 30 kun muddatda yetkazib berilganlari – 24 ming 635 ta, 30 kun muddatdan kechikib yetkazib berilganlari – 3 ming 668 ta; maxsus avtotransportlarda nazorat tarozilarning mavjud emasligi holatlari – 1 ming 528 ta; suyultirilgan uglevodorod gazini belgilangan vaznda (20 kg.) yetkazib berilganlari – 6 ming 600 tani tashkil etadi.  

Shuningdek, belgilangan vazndan kam miqdorda yetkazib berilganlar soni esa – 22 ming 3 ta, yetkazib berilayotgan gaz ballonlarining texnik soz holatdagilari – 27 ming 993 ta, texnik nosoz holatdagilari – 610 tani tashkil etdi.  

Bundan ko‘rinib turibdiki, uglevodorod gazini yetkazib berishdagi kechikish, belgilangan vazndan kam va texnik nosoz gaz ballonlarni yetkazib berish holatlari uchrab turibdi. Yetkazib berish norma va shartlariga rioya etilishi ahvoli hamisha nazoratda.  

Nasiba Elibekova, O‘zA