Fotoreportaj
“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali mas’ullari tomonidan aholiga suyultirilgan gaz ballonlari uzluksiz, belgilangan muddat va miqdorda yetkazib berilyapti. Ayni qish kunlarida viloyat bo‘yicha 513 ming 620 iste’molchi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.
Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash tizimi ham bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda. Iste’molchilar esa bugunga kelib gaz uchun to‘lovni naqd pullarsiz, ID-karta vositasida amalga oshirmoqdalar. Sohadagi bu yangilik bugun qanday samara berayotganini Farg‘ona viloyatining Furqat va Toshloq tumanlari misolida ko‘rish mumkin.
Mazkur ikki tumandagi iste’molchilar ID-kartalar bilan to‘liq ta’minlanib, suyultirilgan gaz yetkazib berish avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazilgan. Bu tizimdan foydalanilayotganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan esa-da, allaqachon o‘zining natijasini ko‘rsata boshladi. Jumladan, ayni masalada aholidan tushayotgan shikoyatlar soni sezilarli kamaygan.
Aytganday, viloyatning chegara hududida joylashgan So‘x tumanida ham aholi xonadonlariga suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash borasida gaz to‘ldirish shoxobchasi qurilib foydalanishga topshirildi.
[gallery-5528]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA