Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholiga Ramazon tuhfasi
16:30 / 2021-05-10

Toshkent viloyatida tadbirkorlar, ishbilarmonlar va saxovatpesha insonlar tomonidan “Ramazon tuhfasi” aksiyasi doirasida muhtoj oilalarga xayr-ehson ko‘rsatildi.

Mazkur aksiya boshlanganidan to hozirga qadar 1 ming 500 dan ortiq oilalarga 1 milliard 437 million 247 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va pul mablag‘i berildi.

Xususan, 8 may holatiga 300 dan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berildi. Angren shahar bosh imom-xatibi Yahyoxon domla Baboxonov tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda kam ta’minlangan, nogironligi bor, yakka-yolg‘iz ayol va boquvchisini yo‘qotgan 145 ta oilaning har biriga 1 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi. Bo‘ka tumani “Moy-tepa” jome’ masjidi imom xatibi tashabbusi bilan ehtiyojmand 15 nafar oilaga 3 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. “Mulla Abduroziq” jome’ masjidi imom xatibi Abloqulov Abduzohir tashabbusi bilan ehtiyojmand 10 nafar oilaga jami 10 million so‘mlik moddiy yordam berildi.  

Zangiota tumanidagi jome’ masjidi imom-xatibi Fayzullajon domla Abdulhamidov boshchiligida 30 nafar kam ta’minlangan, nogironligi bor, yakka-yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga 15 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.  

Bundan tashqari, Qibray, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida ham bu kabi xayrli tadbirlar amalga oshirildi.  

A.Musayev, O‘zA