Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholiga qulaylik va imtiyozlar berilmoqda
18:39 / 2024-04-15

Prezidentimizning 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘zini- o‘zi band qilgan fuqarolarni soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha Toshkent viloyati aholisiga qulayliklar, keng imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda.

Hozirgacha bu toifaga kirgan fuqarolar soni 211 ming 606 nafarni tashkil qildi. Shundan joriy yilning birinchi choragida 54 ming 959 nafar jismoniy shaxs mazkur yo‘nalish bo‘yicha ro‘yxatga olingan. Xususan, maishiy xizmatlar faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 29 ming 77 nafar, qishloq xo‘jaligida 8 ming 31 nafar, ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlarda 6 ming 528 nafar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 3 ming 726 nafar va axborot -kommunikatsiya yo‘nalishlarida 1 ming 759 nafar jismoniy shaxs ro‘yxatga olinib, bandligi ta’minlandi. 

Hududlar bo‘yicha o‘zini- o‘zi band qilganlar Zangiota, Yangiyo‘l, Toshkent va Parkent tumanlarida boshqa hududlarga qaraganda ko‘p. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mahallalarda faoliyatini boshlagan “yettilik” bilan hamkorlikda soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda o‘zini- o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishda ko‘maklashish kabi 21 ta yo‘nalishda ish olib borilmoqda. 

Masalan, birgina Toshkent tumani Bog‘izilol mahallasida 37 dan ziyod tadbirkorlik subyekti, 781 nafar mol-mulk hamda 1 ming 225 nafar yer solig‘i to‘lovchisi bor. Shuningdek, 206 nafar o‘zini- o‘zi band qilgan fuqaro yashaydi. Ushbu mahallaga biriktirilgan Erkajan Ataniyazova ishni, eng avvalo, xatlov ishlarini amalga oshirishdan boshladi. 

– Bu hududga biriktirilganimdan keyin tadbirkorlik subyektlari va xonadonlarda bo‘lib, soliq to‘lovchilar bilan yaqindan tanishdim, – deydi E.Ataniyazova. – Avvaliga mavjud vaziyatni o‘rgandim, undan so‘ng aholi orasida tushuntirish ishlarini olib bordim. Quvonarlisi, tadbirkorlikni boshlashga intilayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Faqat ularga soliq va boshqa tashkiliy yo‘nalishlarda to‘g‘ri maslahatlar berilsa, bo‘lgani. Xususan, tomorqa xizmati, chorvachilik, parrandachilik, sabzavot mahsulotlari yetishtirishda qishloq aholisida yetarlicha imkoniyatlar bor. Muhimi, undan to‘g‘ri foydalanishdir. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri