Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oshmoqda
18:14 / 2025-05-24

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati hududiy filialida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Unda markazning yetakchi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Akram Rahmatov mahorat darslarini olib bordi. 

 [gallery-23563]

Seminar davomida “Pushti husnbuzar: patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari”, “Kaposhi sarkomasi: davolashda zamonaviy yondashuvlar”, “Bullyoz dermatozlar: etiopatogenezi, tashxislash, davolash va sog‘lomlashtirish” mavzularida so‘z yuritildi.  

Professor tomonidan kam uchraydigan, atipik kechuvchi hamda davolashda qiyinchilik tug‘dirayotgan holatlar bo‘yicha davolanayotgan bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lsa, “Mahorat darslari” doirasida 50 nafardan ortiq fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari