FOTOREPORTAJ
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Davlatobod tumani Porloq mahallasida joylashgan “ANDROLOGIYA-N TIBBIYOT MARKAZI” xususiy tibbiyot muassasasining qish mavsumiga tayyorgarligi va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishdi.
Bugungi kunda viloyat tibbiyoti yuksak sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish borasidagi ezgu ishlar diqqatga sazovor.
[gallery-14902]
“ANDROLOGIYA-N TIBBIYOT MARKAZI” MCHJ ambulator va statsionar sharoitda andrologiya, anesteziologiya-reanimatologiya, abdominal xirurgiya-statsionar diagnostika, ginekologiya, fizioterapiya, UTT hamda klinik laboratoriya diagnostikasi, kichik xirurgiya, kardiologiya, laparoskopiya xirurgiya, nevrologiya, pediatriya, urologiya, endokrinologiya ixtisosliklari bo‘yicha xalqimizga 100 o‘rinda sifatli va malakali xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun tadbirkor tomonidan 10 milliard so‘m o‘z mablag‘i va 10 milliard so‘m bank krediti sarflandi. Hozirda bu yerda 40 nafar malakali shifokor hamda hamshira aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida samarali faoliyat yuritmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA