Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Aholiga ko‘mak – oliy qadriyat!”
16:11 / 2024-11-08

Bugungi kunda tuman va shaharlardagi “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan fuqarolarga yuzdan ziyod ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Ushbu xizmatlar yuzasidan fuqarolar tomonidan “Inson” markazlariga bo‘layotgan eng ko‘p murojaatlar tahlil qilinib, bu borada targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish belgilangan. 

Shu munosabat bilan, Buxoro va Kogon shahrida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Aholiga ko‘mak – oliy qadriyat!” shiori ostida kouching tashkil etildi. Erkin va samimiy tarzda kechgan kouchingda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, Kogon shahar “Inson” markazi hamda mahallalardagi aholi vakillari ishtirok etdi. 

– Mazkur kouchingda ijtimoiy xizmatlar haqida fuqarolarga batafsil ma’lumot berildi, – deydi Buxoro shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Mehriddin Jo‘rayev. – Shuningdek, interaktiv usulda fuqarolar bilan psixologik o‘yinlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirda aholi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Kelgusida bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida tashkil etiladi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.