Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholiga davlat ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tizimi takomillashtiriladi
14:03 / 2025-12-22

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Aholiga davlat ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab: 

davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida barcha ish beruvchilar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xodimlarga beriladigan barcha turdagi ta’tillar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni “YAMMT” IDAKda ro‘yxatga olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 

sug‘urtalangan shaxslarga, ularning xohishiga ko‘ra bir kalendar yil davomida 2 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til olish huquqi beriladi. 

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda “YAMMT” IDAKda xodimlarga beriladigan barcha turdagi ta’tillarni va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni ro‘yxatga olish imkoniyati yaratiladi. 

2027 yil 1 yanvarga qadar harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, sudyalarning va prokuratura organlarining martaba darajalariga (harbiy va maxsus unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini, shuningdek ularga doir o‘zgartish va qo‘shimchalarni “YAMMT” IDAKda kiritish imkoniyatlarini tahlil qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritiladi. 

Qaror bilan: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tarkibi; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi; 

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi yangi tizimining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish bo‘yicha media-reja tasdiqlandi. 

Uch oy muddatda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali sug‘urtalangan shaxslar tomonidan sug‘urta stajlari, to‘langan sug‘urta badallari hisobidan xabardor bo‘lish, nafaqa tayinlash rad etilganligi yoki uning miqdori noto‘g‘ri hisoblanganligi va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. 

2026 yil 1 yanvarga qadar Yagona tibbiy axborot tizimi quyidagicha takomillashtiriladi:

Yagona tibbiy axborot tizimi Soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlari va “YAMMT” IDAK bilan to‘liq integratsiya qilinadi; 

mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirish vaqtida sug‘urtalangan shaxsning ish joyi Yagona tibbiy axborot tizimida avtomatik ravishda aniqlash imkoniyati yaratiladi; 

mehnatga layoqatsizlik varaqasini o‘tkazib yuborilgan kunlar uchun rasmiylashtirishning texnik imkoniyatlarini to‘liq cheklash, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno; 

homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlik olinishi yoki vasiy qilib belgilanishi bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirishda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari “Yagona reyestr” ATga kelib tushganda, ularni rasmiylashtirish maqsadini aniqlash imkoniyati yaratiladi; 

b)  bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Kambag‘allikni qisqartirish bilan birgalikda, o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi. 

O‘zA