Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi kichik GESlar foydalanishga topshirilmoqda (+video)
10:00 / 2025-06-20

Mamlakatimizda ekologik toza, arzon va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish hamda mavjud quvvatlarni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni maqsadlarda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliylashtirish dasturi doirasida hududlarda kichik va mikro shakldagi yangi GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.  

[gallery-23971]

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori yaqinida yangidan barpo etilgan Hisorak kichik GESi faoliyati bilan tanishdi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, “Hisorak” suv ombori 1987 yilda qurilgan bo‘lib, 2004 yilda kapital rekonstruksiya qilingan.  

Hududda 2011 yilda ishga tushirilgan quvvati 45 MVt bo‘lgan asosiy Hisorak GESi ham mavjud. Bu yiliga taxminan 80 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa o‘rtacha hisobda 33 ming xonadonning yillik elektr energiyasi ehtiyojini qoplaydi.  

Videosi quyidagi manbada...  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/8SQBG9QMteA?si=Qt9c2tQu7vupr0D4" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, Nosirjon Haydarov (surat),

O‘zA