Aholi vakillari bilan uchrashuvlar
Oliy Majlis Senati Kengashining Jizzax shahrida o‘tgan sayyor majlisidan so‘ng Senat raisi Tanzila Norboyeva Sharof Rashidov tumanida viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezidentimizning joriy yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” farmonining mazmun va mohiyati, kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan batafsil tushuncha berildi.
T.Norboyeva tuman tibbiyot birlashmasida ham bo‘lib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tuman markaziy kasalxonasida bemorlar va shifokorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi, muassasada mehnat qilayotgan shifokorlar bilan suhbatlashdi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri