Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi (+video)
20:24 / 2025-11-13

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri”ga tayyorgarlik jarayonlari doirasida mahalladagi ijtimoiy xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Milliy statistika qo‘mitasi vakillari ro‘yxatga olish jarayonining maqsadi va vazifalari, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, ro‘yxatga oluvchilar zimmasiga yuklatiladigan mas’uliyat, so‘rovnomani axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to‘ldirish tartibi hamda savollarga to‘g‘ri va aniq yondashuv kabi masalalar batafsil tushuntirib berildi.

[gallery-26227]

– Ushbu seminar treningni tashkil qilishdan maqsad aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini to‘g‘ri hamda sifatli tashkil etishdir, – deydi agentlikning Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Bafoyev. – Bundan tashqari, ushbu amalga oshiriladigan tadbirlarda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etmaslik, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish, muhtoj oilalar va ularning vakillari uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda ularning ehtiyojlarini aniqlash ham asosiy maqsad qilib olingan. Ushbu ro‘yxatga olish tadbirlarida aholimizni faol ravishda qatnashishlarini iltimos qilgan bo‘lardik. Sababi ro‘yxatga olish jarayonlarida aholining ehtiyojlari va ularning xohish-istaklarini inobatga olgan holda kelajakda tuziladigan rejalar shakllantiriladi.

Ta’kidlash kerakki, 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha bo‘lib o‘tadigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizda demografik jarayonlarni chuqur o‘rganish, aholining ijtimoiy hayot sharoitlarini tahlil qilish, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq strategik qarorlar qabul qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jI94Ri3j2lg" title="Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat, video), O‘zA muxbirlari